Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
"Tibbiyotdagi islohotlar inson kadri uchun" shiori ostida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o'tkazildi.

13.05.2022

Tuproqqalʼa tumani «Yakkachiqir» mahallasi, 20-sonli maktabda tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda ixtisoslashtirilgan markazlaridan 138 nafar mutaxassislar tomonidan turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonida jami 2853 nafar fuqaro ishtirok etdi va 1077 nafar bemorda turli kasalliklar aniqlandi.

Jumladan terapevtik kasalliklar 251 nafar, asab-ruhiy kasalliklar 9 nafar, bolalar kasalliklari 156 nafar, ko‘z kasalliklari 53 nafar, travmatologik 42 nafar, kardiologik 115 nafar. Endokrinologik 119 nafar, ginekologik 35, nevrologik 201, quloq tomoq burun kasalliklari 96 nafar aniqlandi xamda 3 nafar UTT mutaxassislari tomonidan 221 nafar, EKG 158 nafar, bioximik analizator 95 nafar, flyuorografiya 172 nafar fuqarolar tekshiruvlardan o‘tkazildi. 1053 nafari ambulatoriya sharoitda, 15 nafar bemorga statsionar sharoitda davolanish uchun, shundan 8 nafar bemorda tuman darajasida operativ davo chorasi tavsiya qilindi, 1 nafar bemorga Respublikada davolanish uchun imtiyozli order bilan taʼminlandi.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan 4 nafar bemorda, Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan 1 nafar bemorda, RIO va RIAT Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan 1 nafar bemorda, Viloyat perinatal markazi mutaxassislari tomonidan 2 nafar bemorda, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan 1 nafar bemorda tuman tibbiyot birlashmasida yuqori texnologiyali operatsiyalar o‘tkazilib, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislariga amaliy ko‘nikmalar hosil qilishiga ko‘maklashildi.

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov