19.02.2024
SESSIYA KUN TARTIBIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILISHI KUTILMOQDA:
1. Tuproqqal’a tumani 1-sektordagi moddiy va ijtimoiy yordam ko’rsatilgan oilani “Temir daftar”dan chiqarish to’g’risida.
2. Tuproqqal’a tumanida 5-bosqich “Ayollar daftari” ro’yxatini va xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash to’g’risida.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan davlat zaxirasida turgan yer uchastkalarini elektron tanlovga chiqarish to’g’risida.
4. Tuproqqal’a tumani hududida “Hokimlik bog’i” ni tashkil etish to’g’risida.
5. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2023-yil 18-apreldagi VI-76-62-12-218-K/23-sonli qarori to’g’risida.
6. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o’rganish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqal’a tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2024 yil yanvar oyi yakuni bo’yicha axboroti to’g’risida.
7. Tuproqqal’a tumani mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan mablag’ ajratish to’g’risida.
SESSIYANI JONLI EFIRDA KUZATISHINGIZ MUMKIN.
https://youtube.com/live/0BFdBAFIm8U