18.01.2024
SESSIYA KUN TARTIBIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILISHI KUTILMOQDA:
1. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2023 yil IV choragi davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tuman prokurori, Adliya bo‘limi boshlig‘i Majburiy Ijro Byurosi Tuproqqalʼa tuman bo‘limi boshlig‘i va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlarining davriy hisobotlari to‘g‘risida
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining “Tuman sektor rahbarlari va tashkilotlarning 2023 yil davomida murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti to‘g‘risida.
4. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2023 yil yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.
5. Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘ining “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tumani 1 va 2-sektorlardagi moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
7. Tuproqqalʼa tumanidagi ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish hamda davolanish va moddiy taʼminlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan davlat zaxirasida turgan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga chiqarish to‘g‘risida.
SESSIYANI JONLI EFIRDA KUZATISHINGIZ MUMKIN. (https://youtube.com/live/uvPx4ks8lNA?feature=share)