Tuproqqal'ada yoshlarga ekin yerlari ajratib berildi.
27.02.2024
Bugun Yo'ldosh Oxunboboyev mahallasida ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, oilalariga qo'shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida 25 sotixdan ekin yer maydonlari ajratilib berildi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, respublika ishchi guruhi vakillari, sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun joriy yilda Tuproqqal'a tumani bo'ylab jami 160 gektar hosildor yerlarni ishsiz, kam ta'minlangan va ehtiyojmand yoshlarga ajratib berish rejalashtirilgan.