11.03.2024
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Tuproqqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Ro’zimova Sanobar Egamberdiyevnaning murojaati
Assalomu alaykum, aziz eldoshlar!
Hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 29 fevral - 1 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini o’z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida "Shayxlar" ia "Yangi zamin" mahallalarida mahalla yettiligi bilan bevosita uchrashib 4-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Tuman 4-sektor hududidagi 4 ta mahallada jami 2919 ta xonadon, 3301 ta oila, 12261 nafar aholi, 2 ta davlat va 3 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi va 2 ta sog’liqni saqlash muassasalari mavjud.
Ijtimoiy soha obektlari ya’ni 2 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va 4 ta o’rta ta’lim maktablari, shuningdek 1 ta “Bolalar va o’smirlar sport” maktabi hamda 2 ta sog’liqni saqlash muassasasi mavjud.
Jumladan: “Muxabbat” maxallasida 4- son MTM, 2-son Maktab, 1 ta BO’SM. “Shayxlar” maxallasida 10-son MTM, 9-son Maktab, “Yangi zamin” maxallasida 17-son Maktab, 2 ta xususiy MTM va KVP,
“Nukus” maxallasida joylashgan 16-son Maktab va Sarimoy maxallasining 11-son maktab filiali mavjud.
Xitoy tajribasi asosida “uy sanoati” rivojlantirish zarurligi ta’kitlab o’tildi. Masalan, - Kichik va o’rta biznesni yanada qo’llab-quvvatlash uchun garovsiz 4-sektor hududimdagi sanoat zonasida va mahallalarda jami 8 ta loyiha 47.83 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar shakllantirilib , 96 ta ish o’rinlari yaratish;
- xonadonlarda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog’dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun xonadonlardani manzilli ro’yxati asosida 39.2 mln.so’m subsidiya ajratilishi hisobiga 14 nafar ishsiz aholimizni bandligini ta’minlanishi bilan bir qatorda oilaga qo’shimcha daromad manbai yaratiladi.
- 4-sektordagi 4 ta mahalladagi har bir aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash hamda mahallalarda 3 ta kambag’al oilalarni tomorqasi namunali tashkil qilinib, xonadonlarga tumandagi salohiyatli tadbirkorlarni bog’lab, yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotni eksport va ichki bozorga chiqarishga yordam berish bo’yicha “Yo’l xarita” ishlab chiqildi hamda nazoratga olindi.
Tumanda bo’sh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish bo’yicha mahalladagi hokim yordamchilari, kadastr bo’limi, qurilish bo’limi va boshqa tegishli tashkilotlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi hamda nazoratga olindi.
Sektordagi 4 ta mahalla to’liq xatlovdan o’tkazilib, bo’sh turgan bino va yer maydonlar tadbirkorlik qilish uchun auksion savdolariga chiqarilishi nazoratga olindi.
Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tashrifi davomida qishloq xo’jaligi yo’nalishida ham bu yil qilishimiz
va bajarishimiz zarur bo’lgan vazifalarimizni mablag’i bilan belgilab berdilar. Xususan:
- Tuproqqal’a tumani 4-sektor hududida qo’shimcha 2tadan kichik sovutgichli ombor tashkil qilish;
- joriy yilda 96 gektarni auksion orqali aholiga 0,20 gektardan berish ishlari amalga oshirish;
- 23.2 gektar yer maydoni 116 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun tarqatish ishlari mart oyiga rejalashtirildi.
Bundan tashqari, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan sholichilikda hosildorlikni 150 sentnerga chiqargan dehqonlarga mahsulotini yarmini ya’ni 50 foizini eksport qilishga ruxsat berildi.
Sektorda 1 ta mahallada ochilgan mahalla aholisidan sutni yig’ish markazlari hokim yordamchilari tomonidan bepul qabul qilish tizimi ishlab chiqildi.
Shuningdek, 2024 yil yakunigacha sektorda 1 ta mahallada sut yig’ish markazlarini tashkil qilib, hokim yordamchilariga bepul o’tkazib berish topshiriladi.
Shu bilan birga, qishloq xo’jaligida eng asosiy e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan masala bu sug’orish uchun beriladigan oqar suvdan oqilona foydalanishimiz uchun bu yil hashar yo’li bilan 14 kilometr ichki sug’orish tarmoqlarini vegetasiya davrigacha betonlashtirish ishlarini bajariladi.
Endi Hurmatli Prezidentimiz tomonidan infratuzilmani yaxshilash aholini qiynab kelayotgan asosiy muammolarni bartaraf qilish bo’yicha qurilish sohasida berilgan topshiriqlarni tumanda ijrosi bo’yicha to’xtalib o’tsam:
2024 yilda sektorda 1 ta ko’p qavatli uy qurib, 35 ta oilani yashash sharoitini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi, buni uchun Hurmatli Prezidentimizga katta rahmat 20 yildan buyon aholimizni qiynab kelayotgan muammoni hal qilib berdi ya’ni, tuman markaziga tutash hududdan 0.7 gektar ochiq yer maydonini “Yangi O’zbekiston” massivi tashkil qilib, ko’p qavatli uy-joy qurish uchun ajratib berdi.
Davlat rahbarimizni tashrif davomida sektor hududidagi 1.2 km uzunlikdagi eski tarmoqlarni yangilash uchun dasturga kiritildi.
Elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni to’liq yangilash bo’yicha ham uch yillik dastur ishlab chiqish hamda 2024 yilda 5 kilometr tarmoq va 2 ta transformatorni yangilash lozimligi aytib o’tildi.Bu bo’yicha ham sektorda xatlov ishlari olib borilmoqda va belgilangan muddatda dasturga kiritish bo’yicha takliflar berilishi nazoratga olindi.
Viloyatni 233 kilometr yo’lini “hajm” usulida ta’mirlashga Osiyo infratuzilma bankidan 90 million dollar ajratish belgilandi. Bu bo’yicha 3 ta asosiy yo’limiz jami 15 km uzunlikdagi yo’llar dasturga kiritildi. jumladan:
- Tuproqqal’a tumanidan o’tgan “4R-156” avtomobil yo’lini beton qoplamaga o’tkazishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablag’larini jalb qilish belgilandi.
Ushbu yo’llarni ikki yoniga besh qatorli daraxt ektirib, loyihalarni 2026 yil oxirigacha yakunlash choralari ko’riladigan bo’ldi.
Hurmatli Prezidentimiz har safar takidlaydi Inson salomatligi hamisha birinchi navbatda deb, shuning uchun Viloyatimizga Rossiya, Belarusiya va Turkiyadan mutaxassis olib kelib akusher-ginekolog, neonatolog, anesteziolog-reanimatologlarni malaka oshirish ta’minlash hamda o’qitish choralarini ko’rish bo’yicha ham aniq vazifalarni belgilab berdilar.
Sektorda qo’l mehnati asosida gilam to’qish, ipakchilik
va gilamchilik kooperasiyalarini tashkil qilish, oilalarni o’qitish, xonadonlarga ixcham uskunalar o’rnatish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash garovsiz kredit berish orqali loyihalar ishlab chiqib aholi bandligini ta’minlashga yo’naltiriladi.
Hurmatli Prezidentimizni yuqoridagi topshiriqlardan kelib chiqib, o’zim boshchilik 4-sektor hududida yil yakunigacha oldimizga qo’yilgan barcha topshiriqlarni ijrosini so’zsiz bajarishni hamda eng asosiysi sektor hududini ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida har bir mahallani ixtisoslashuvidan kelib chiqib joriy yil yakuniga qadar
206 ta yangi ish o’rinlari yaratishni belgilab olindi. Jumladan:
- investisiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 96 nafar;
- savdo va xizmat ko’rsatish yo’nalishlarida o’zini o’zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo’lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga1024 nafar;
- qishloq xo’jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 98 nafar;
- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi.