
Qirgʻizistonning elchisi Tuproqqal'a tumaniga tashrif buyurdi.
06.02.2024

Qirgʻizistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Murataliyevich Jamanboyev Tuproqqal'a tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Musa Jamanboyev yirik eksportyor korxona - "NEW BEST STYLE" MCHJda bo'lib, gulqog'ozlar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, elchiga xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar va imtiyozlar, erkin iqtisodiy zonalarda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi.