
Prokuror va tadbirkorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
06.02.2024

Bugun Tuproqqal'a tumanida Xorazm viloyati prokurorining o'rinbosari X.Yavbasarov hamda tuman hokimi A.Jimalyazov boshchiligida tumandagi tadbirkorlik faoliyatida muammolari mavjud bo'lgan, tadbirkorlik faoliyatini to'xtatgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlaring turli mazmundagi 18 ta murojaatlar tinglanib, shundan asosiy qismi joyida ijobiy hal qilindi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.