10.06.2024
Tuproqqal’a tumanida mavjud jami 18 ta mahallalarda 16985 ta oila 13553 ta xonadan mavjud bo’lib bu xonadonlarda 59 304 nafar axoli yashaydi, shundan 29 435 nafarini ayollar tashkil qiladi. Tumanda 3-nafar deputat ayollarimiz, 30 nafar oqila ayollar harakati a’zolari faoliyat olib boradi.
Tumanda notinch oilalar soni 37 nafar, og’ir sharoitda yashovchi xotin qizlar 27 nafar va 21 nafar uy-joyga muxtoj xotin-qizlar mavjud bo’lib 2024 yilning shu kunigacha 28 ta ajrim, 12 nafar yolg’iz onalar, 21 nafar otaliq belgilash, 169 ta yangi nikohlar rasmiylashtirilgan.
Hozirgi kunda tumandagi mahallalarda 18 nafar mahalla xotin-qizlar faollari keng jamoatchilik va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ish olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 20-fevraldagi Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining sessiyasida V1-94-33-12-218-K/24-sonli kengash qarori bilan mavjud 6 toifa bo’yicha xotin-qizlar ro’yxati shakllantirilib, 1872 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar “Ayollar daftari” 5-bosqichiga kiritilgan. “Ayollar daftari” 5-bosqichiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1872 nafar xotin-qizlarga toifalari bo’yicha 2024 yil 1 martdan yordamlar ko’rsatilib, ijrosi ta’minlanishi boshlandi.
1-toifa 519 nafar xotin-qizlardan 253 nafar ishsiz xotin-qizlar doimiy ishga va turli yo’nalishlar bo’yicha o’z-o’zini band qilish orqali bandliklari ta’minlandi.
2-toifa tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan 23 nafar xotin-qizlardan 11 nafar xotin-qizlar imtiyozli kreditlar olib o’z ish faoliyatlarini boshladilar.
3-toifa boquvchisi bo’lmagan ehtiyojmand 693 nafar xotin-qizlardan 405 nafar xotin-qizlarga bir martalik 275.4 ming so’mlik moddiy yordamlar berildi.
4-toifa ijtimoiy himoyaga muhtoj I va II guruh nogironligi bo’lgan 415 nafar xotin-qizlardan 294 nafariga 199,9 ming so’mlik bir martalik moddiy yordamlar berildi.
5-toifa uy joyga muhtoj jami 21 nafar xotin-qizlar , shundan uy-joy bilan ta’minlanadigan xotin-qizlar 3 nafar, ijara kompensasiyasi to’lab beriladiganlar 18 nafarni tashkil qilib, 15 nafar xotin-qizlarga har oyiga shartnomada ko’rsatilgan summaning 50 foizi miqdorida ijara kompensasiyasi to’lab berilmoqda.
6-toifa qaramog’ida nogironligi bo’lgan bolalari mavjud ehtiyojmand 201 nafar xotin-qizlardan 103 nafar xotin-qizlarga 70,0 ming so’mlik bir martalik moddiy yordamlar berildi.
1 nafar ayollarning bolasiga salomatligini mustahkamlash, davolanishlari va jarrohlik operasiyalari uchun “Ayollar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan 6 million so’mlik pul mablag’lari ajratilib, sog’ligini tiklash uchun amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Shuningdek, 2024 yilning fevral oyida “Ayollar daftari” ning 5-bosqich ro’yxatiga kiritilgan 1872 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga belgilangan tartibda moddiy, tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar manzilli ko’rsatilmoqda.