24.04.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida "Aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish borasidagi ishlar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqotda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, soxa mutaxassislari, quruvchi tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
O'tkan davr mobayinida tumanda istiqomad qiluvchi 210 nafar fuqaroga uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli kreditlar asosida, davlat subsidiyasi qo'llanilgan. Shuningdek aholini uy-joyga bo'lgan ehtiyojlarini qoplash maqsadida 12 ta ko'p qavatli turar-joylar qurib foydalanishga topshirildi. 2 ta 20 xonadonli uy-joylash foydalanishga topshirishga tayyor 6 ta ko'p qavatli uylarda qurilish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, yig'ilganlarga joriy yilda subsidiya ajratish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida axborot berildi.
Subsidiya 2 ta yo'nalishda ajratiladi:
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi.
Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
2. Birlamchi uy-joy bozorlaridagi kvartiralarni sotib olish uchun viloyatlarda 330 million so'mgacha, Toshkent shahrida 420 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi.
Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 30 million so'm hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
Subsidiya ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar* doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar my.gov.uz portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
*Xorazm viloyati uchun tasdiqlangan parametrlar:
Jami to'lab beriladigan subsidiyalar soni 1 600 ta.
Shundan, yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratiladigan kreditlar bo'yicha subsidiyalar 500 ta, yangi uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo'yicha to'lanadigan subsidiyalar 1 100 ta.