
Nukus mahallasida 330 o'rinli maktab qurilmoqda.
09.04.2024

Tuproqqal'a tumanining chekka Nukus mahallasida bugungi kunda o'quvchilar eskirgan o'quv binolarida ta'lim olib kelayotgan edilar. Ularning sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy ta'lim jarayonlarini joriy etish maqsadida "Navoiy kon metallurgiya kombinati" homiyligida loyiha qiymati 17 mlrd so'mni tashkil etuvchi 330 o'rinli umumiy o'rta ta'lim maktabi qurilmoqda.
Mazkur maktab to'liq zamonaviy texnologiyalar, zamonaviy sharoitlar hamda sport inshootlarini bilan ta'minlanadi.
Bugun tuman hokimining Tuproqqal'a hududi bo'yicha birinchi o'rinbosari G'ayrat Madiyorov mazkur qurilish maydonida bo'lib, jarayonlar bilan tanishdi.