
Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
29.05.2024


Bugungi kunda aholining barcha qatlamlariga munosib sharoit yaratish, salomatliklarini mustahkamlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Tuproqqal'a tumani prokraturasi va tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan chet davlatlarda migratsiyada bo‘lib qaytgan fuqarolarni 10 dan ortiq turdagi tibbiy ko‘riklardan bepul o‘tkazish shular jumlasidandir.
O‘tgan 5 oy davomida tuman Tibbiyot birlashmasi va unga qarashli oilaviy shifokorlik punktlari tomonidan 539 nafar Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va bu borada ishlar davom etmoqda.