25.03.2024
Bugun Tuproqqal'a tumanida xotin-qizlarning bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Nurobod mahallasida media-tur bo'lib o'tdi.
Meda-turda tuman hokimi Akmal jimalyazov, soha mutaxassislari, tamoatchilik vakillari va OAV jurnalist hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida mahallada ayollar bandligini oshirish va daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar - tadbirkorlik subyektlari hamda xonadonlarda tashkil etilgan tadbirkorliklar bilan tanishtirildi.
Xususan, yengil tipdagi konstruksiyalar ajratish orqali xizmat ko'rsatish va sanoat yo'nalishida tashkil etilgan subyektlarda bugungi kunda 50 nafardan ortiq ayollar bandligi ta'minlandi.
Xonadonlarda tashkil qilingan tikuvchilik va to'quvchilik sexlari, parranda va chorva mollari, shuningdek, baliq yetishtirish orqali xonadonlar daromadlari oshirilmoqda.