02.04.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida "2024-2025-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari"ga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, sektor rahbarlari, soha mutasaddilari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab tuman hokimi Akmal Jimalyazov yig'ilganlarga murojaat qilib, tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi va shundan so'ng 2024-2025-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Xususan, 2024-2025-yillarda umumiy qiymati 500 mlrd. so'mga yaqin sanoat yo'nalishida 23 ta, xizmat ko'rsatish yo'nalishida 8 ta, qishloq xo'jaligi yo'nalishida 3 ta jami 35 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, loyihalar ishga tushishi natijasida 700 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Shundan so'ng yig'ilganlarning savollariga javob berildi.