25.05.2024
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda ta’lim tizimini isloh qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, 2023-yilda investisiya dasturi doirasida 1 ta 20-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish uchun shartnoma boʻyicha 3.7 mlrd. soʻm ajratilib, qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 420 oʻquv oʻrinli kushimcha bino qurilib foydalanishga topshirildi.
2 ta 6-son va 13-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish uchun shartnoma boʻyicha 10.085 mlrd.soʻm, 6-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstrusiya qilish uchun 5,765 mlrd.sum, 13-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish uchun 4,320 mlrd.sum ajratilib, qurilish ta’mirlash ishlari toʻliq yakunlangan.
Shuningdek tumandagi 18 ta 1,2,3,4,6,7,8,9,10,12,14,15,16,17,18,19,20,21 son maktablarning sanitariya holatini yaxshilash uchun ajratilgan 700.0 mln.soʻm xisobiga ichki xojatxonalarni qurish ishlari yakunlanib,bugungi kunda barchasi foydalanishga topshirilgan.
Bundan tashqari moddiy ta’minoti ogʻir boʻlgan 1 ta 17-son umumta’lim maktabiga oʻquv mebellari (parta) yetkazib berildi.
2023 yil Tashabbusli byudjet hisobidan 2 ta 10-son va 19-son ta’lim muassasasida 1.813 mlrd.soʻm mablagʻ xisobiga ta’lim muassasalarining tom qismi, binolarni joriy ta’mirlash va quyosh panellarini oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.
2023-yilda tumandagi 9 ta maktablar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan shuningdek, 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan yuqori boʻlganlarda 100 Mbit/s tezlikdagi internet tariflarida ishlashi yoʻlga qoʻyilgan.
2023-yilda Coursera xalqaro ta’lim platformasida 1 500 nafardan ortiq maktab oʻquvchilari oʻqib, sertifikatlarni qoʻlga kiritganlar.
O’qituvchilarni kasbi maqomi va obrusini oshirish, ularga munosib mehnat sharoitlarni yaratish, pedagoglarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik va faoliyatiga aralashmaslik borasida har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan 1-oktyabr – oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tumanimizda faoliyat olib borayatgan, oʻz ish faoliyati davomida yuqori natiyjalarga erishgan 2 nafar pedagoglar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining tarmoq mukofati – “Ta’lim fidoiysi” koʻkrak-nishoni, 15 nafar pedagoglar “Ta’lim a’lochisi” koʻkrak-nishoni bilan, hamda 6 nafar pedagoglar O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2023-yilda “Uzluksiz kasbiy rivojlanish” elektron platformasi orqali 645 nafar oʻqituvchilarning malakasi oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda “O‘zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarori boʻyicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tizimidagi ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning birinchi choragida qator ishlar amalga oshirilgan.
2024-yil mart oyi holatiga Tuproqqal’a tuman boʻyicha maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan 169 nafar ingliz, nemis, fransuz, rus tili fani oʻqituvchilarining 93 nafari (55%) C1 darajadagi, 29 nafari (17.1%) chet tili oʻqituvchisi B2 darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega boʻlib, jami 122 nafari (72%) B2 va C1 darajadagi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.
C1 daraja sertifikatiga ega oʻqituvchilarning barchasiga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024-yil 14-fevraldagi 40-sonli buyrugʻiga asosan umumta’lim muassasalari oʻrtasida tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 26-fevral kuni Tuproqqal’a tuman 18-son maktabda oʻtkazildi. Tumandagi 20 ta maktabdan 18 ta maktab tanlovda ishtirok qilish uchun ariza berib jami 90 nafar oʻquvchi ishtirok qildi. Tuman bosqichida 2-son maktab jamoasi 1-oʻrinni egallab viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.
2023-2024-oʻquv yilida tumanda tanlab olingan 1 ta (2-son) umumiy oʻrta ta’lim maktabida belgilangan tartibda fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitishni yoʻlga qoʻyildi va bosqichma-bosqich qamrovni kengaytirib borish maqsadida 2024-yil yanvardan 2 ta (4,6-son) umumiy oʻrta ta’lim maktabi tanlab olinib, ularda nemis tili ikkinchi xorijiy til sifatida 7-sinfdan boshlab oʻqitib kelinmoqda. Shuningdek, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʻlim muassasalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-sonli qaroriga asosan tanlangan 5 ta (2,8,14,17,19-son) maktabda 10-sinflardan boshlab tajriba-sinov tarzida ikkinchi xorijiy til oʻqilishi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazildi.