
Koruppsiya - kelajak kushandasi
03.07.2024


Tuproqqal’a tumani hokimi A.Jimalyazov rahbarligida Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini oshirish, korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratadigan omillarni bartaraf qilishga doir kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda tuman IIB boshlig’i J.Raxmetov, tuman hokimligi xodimlari, tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyun kungi PQ-210-sonli va 2024-yil 21-iyun kungi PQ-228-sonli Qarorlari mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.