08.06.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida Xorazm viloyatida sodir etilgan korrupsiya jinoyatlarining sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Seminarni tuman hokimi Akmal Jimalyazov olib bordi.
Korrupsiya nima? – «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo’sinda, g’ayriqonuniy shaxsiy naf ko’rish maqsadida, o’z xizmat mavqeyidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan. Xalq tilida soddagina qilib - poraxo’rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa.
Korrupsiyaning oldini olish, unga murosasiz kurashish borasida O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi Qonuni va bir qator hukumat qarorlari qabul qilingan.