Bosh vazir o'rinbosari Zulayxo Maxkamova Tuproqqal'a tumanida bo'ldi.
04.04.2024
Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna Xorazm viloyatining chekka Tuproqqal'a tumanida bo'lib, tumanda ayollar bilan ishlash sohasida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
Xususan, "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" mezonlari joriy qilinayotgan Nurobod mahallasiga tashrif buyurib, xizmatlar sohasi va xonadonlardagi tadbirkorliklar orqali ayollarning bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishdilar hamda mutasaddilarga xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini oshirish borasida o'zining topshiriq va tavsiyalarini berdi.