
Yoshlar muammolarini hal etish - ustuvor vazifa
03.04.2025
Tuproqqalʼa tumani Saxovat mahallasidan tuman hokimiga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Har bir yosh bilan alohida muloqot qilinib, orzu-niyatlari, muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, mahallalarda yoshlarni bandligini ta'minlashga qaratilgan suhbatlar amalga oshirildi. Ularning ish va o‘qish sharoitlari, hujjatlar bilan bog‘liq masalalari, oilaviy sharoitlari o‘rganildi hamda muammolari aniqlanib, hal etish chora-tadbirlari belgilab olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati