
10.03.2023
angi zamin mahallasi, Oltin voha ko'chasining yomg'irdan keyingi abgor holati yuzasidan tarqalgan xabarga
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Kimdir bormi bu yo'l bilan shug'ullanuvchi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan, Tuproqqal'a tumani hokimligi quyidagilarni ma'lum qiladi:
Tumanda 113 km xalqaro, 67 km davlat, 28 km mahalliy ahamiyatdagi hamda 256,4 km ichki xo‘jalik yo‘llari mavjud.
2020 yilda 38,3 mlrd. so‘m evaziga 67 km yo‘llarda asfalt yotqizilib, 113 km A-380 avtomagistralida qurilish-taʼmirash ishlari bajarilgan.
2021 yilda 24,7 mlrd. so‘m evaziga 18,3 km yo‘llarga asfalt yotqizilgan, 67 km da joriy taʼmirlash ishlari bajarilib, 173 km yo‘llar shag‘allashtirilgan.
2022 yilda esa 21,5 mlrd. so‘m evaziga 46 km ichki xo‘jalik yo‘llarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilgan. Shundan, 15 km yo‘llarda asfalt yotqizilgan, 31 km yo‘llarda rekonstruksiya ishlari bajarilgan.
Aytish lozimki, ushbu sohaga uch yilda 84,5 mlrd, so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bungacha o‘tgan 20 yilda bor yo‘g‘i 4 mlrd. so‘m ajratilgan.
Bugungi kunda, xabarda keltirilgan Oltin voha ko'chasi va yana 71 ta ko'cha ta'mirtalab holatda bo'lib, joriy yilda mazkur 60 km uzunlikdagi yo'llarga SHPS yotqizilishi rejalashtirilganligini ma'lum