14.11.2023
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 87-sessiyasi o'z ishini boshladi.
SESSIYA KUN TARTIBIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILISHI KUTILMOQDA:
1. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2023-yil III choragi davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
2. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy taʼminlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
3. Tuproqqalʼa tumanidagi ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish va moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan oilani “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
4. Tuproqqalʼa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari vakolatini muddatidan oldin tugatish va bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkazish to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining ayrim qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida.
8. Tuman hokimining o‘rinbosarining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi yuzasidan 2023-yil III chorak yakuni bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
9. Tuproqqalʼa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuman Tibbiyot birlashmasida 2023-yil 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
10. Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘ining “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish uchun belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida.
11. Tuproqqalʼa tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari va mahalliy byudjetining 2023-yil III chorak ijrosi yuzasidan hisoboti, byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va mahalliy byudjetning 2023-yil III chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
SESSIYANI JONLI EFIRDA KUZATISHINGIZ MUMKIN.