07.06.2022
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 59-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyaga Kengash raisi, tuman hokimi Alisher Salayev raislik qildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1. Tumandagi kambag’al va ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish to’g’risida;
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
PQ-258-sonli karori hamda Xorazm viloyati hokimining 2022 yil
30 maydagi 257-12-0-Q/22-sonli qarorlarini ijrosi yuzasidan "Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan mablag’ ajratish to’g’risida.
3. “Temir daftar”da ro’yhatda turgan tibbiy yordamga muhtoj oilalarga “Sahovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan da’volanish uchun mablag’ ajratish to’g’risida.
4. Tuproqqal’a tuman hokimining sessiyalar oralig’ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to’g’risida.