20.09.2022
Sessiyani Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Alisher Salayev olib bordi.
Sessiyada quyidagi 13 ta masala ko'rib chiqildi:
1. Tuproqqal’a tumani Sayapir mahallasi Dovyurak ko’chasi 5-uyda yashovchi tibbiy yordamga muhtoj Islomova Qamarbonu Shokirovnaning oilasini “Temir daftar”ga kiritish to’g’risida.
2. Tuproqqal’a tumani Yoshlik mahallasi Komiljon Otaniyozov ko’chasi 7/4-uy 9-xonadonda yashovchi tibbiy yordamga muhtoj Ibragimov Ibragim Erkinovichning oilasini “Temir daftar”ga kiritish to’g’risida.
3. “Temir daftar”da ro’yxatda turgan tibbiy yordamga muhtoj oilalarga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan da’volanish uchun mablag’ ajratish to’g’risida.
4. Tuproqqal’a tumani 4-sektor hududidagi Yangi zamin mahallasi Istiqlol ko’chasida yashovchi moddiy yordam ko’rsatilgan fuqaro Kuryazov Bobomurod Sadullayevichning oilasini “Temir daftar”dan chiqarish to’g’risida.
5. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2022 yil 29 iyuldagi VI-61-125-12-218-K/22-sonli qaroriga o’zgartirish kiritish to’g’risida.
6. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2022 yil
2 iyuldagi VI-60-102-12-218-K/22-sonli qaroriga o’zgartirish kiritish to’g’risida.
7. Tuproqqal’a tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig’i A.A.Duschanovning tuman aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha Tuproqqal’a tuman Tibbiyot birlashmasida 2022 yil 8 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari hamda keyingi faoliyat rejalari to’g’risidagi hisoboti to’g’risida.
8. Tumandagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga maktab formasini sotib olishi uchun “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan mablag’ ajratish to’g’risida.
9. Tuproqqal’a tumanidagi bo’sh (vakant) turgan 2, 4, 6, 12 va
15-sonli umumta’lim maktablari direktorligiga tavsiya qilingan nomzodlar dasturlarini ko’rib chiqish va direktorlikka tavsiya qilish to’g’risida.
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
13 apreldagi PQ–5072-sonli va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko’ra “g’olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag’ yo’naltirish to’g’risida.
11. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi O.Matkarimovning hisoboti to’g’risida.
12. Qishloq xo’jaligi yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga chiqarish to’g’risida.
13. Tuproqqal’a tumani Sharlauq mahallasi Amudaryo ko’chasi 27-uyda yashovchi Madraximova Ayposhshaning oilasini “Temir daftar”ga kiritish to’g’risida.
Sessiya yakuni bo'yicha Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.