26.04.2022
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining 56-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyani Kengash raisi, tuman hokimi Alisher Salayev olib bordi.
Sessiya Tuproqqal'a tuman hokimligi Axborot xizmatining YouTube kanalida jonli efirda yoritib borildi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
- Tuproqqal’a tumanida “Ayollar daftari” 3-bosqichga kiritish, kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal yetish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar “YO’L XARITASI”ni tasdiqlash hamda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining 2022-yil 15-fevraldagi VI-52-26-12-218-K/22–sonli qarorini bekor qilish to’g’risida;
- Jinoyat ishlari bo’yicha Tuproqqal’a tuman sudi raisi I.Ismailovning 2022-yil I-chorak davomidagi faoliyati yuzasidan axboroti to’g’risida;
- “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida manzarali, mevali daraxt va buta ko’chatlarini yekish hamda ularni parvarishlash borasida Tuproqqal’a tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari Z.Matchanovning hisoboti to’g’risida;
- 2023 yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalariga takliflarni tasdiqlash to’g’risida;
- Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi O.Matkarimovning hisoboti to’g’risida;
- Tuproqqal’a tumanidagi “Ayollar daftari” ro’yxatda turgan uy-joyga muhtoj Yuldashova Malohat Iskandarovnani ish bilan ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 28-martdagi 54-sessiyasida berilgan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida 4-sektor rahbari I.Sultonov hisoboti.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudi raisi I.Ismailov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudi tomonidan 2022-yil 3 oy davomida 43 nafar shaxsga nisbatan 36 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shulardan 40 nafar shaxsga nisbatan 33 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi tugatilgan.
Ayblov hukmi chiqarilganlardan 4 nafar shaxsga nisbatan jarima, 21 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 11 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 4 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo tayinlanganlarning 10 nafariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 57-moddasi qo‘llanilib, sodir qilingan jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlangan, 9 nafar shaxsga nisbatan qo‘shimcha jazo, ya’ni JKning 45-moddasi qo‘llanilib, muayyan huquqdan mahrum qilingan.
Tuman hokimi o‘rinbosari Z.Matchanov
“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida 2021-yil kuz masumida 240 ming dona, 2022-yil bahor mavsumida 385 ming dona ekilishi rejalashtirilgan edi.
Bugungi kunda umummilliy harakat doirasida jami 625 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalar korxona, tashkilot, muassasa, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan ekildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5863-sonli Farmoni asosida hududlarda ekilgan manzarali, mevali daraxt, buta ko‘chatlarini asrash va ularni parvarish qilish borasida muhim ustuvor vazifalar belgilab olinib, jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda nazorat ishlari olib borilmoqda.
Tumanimizda kelgusi 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga taklif kiritish maqsadida tegishli tashkilotlar sektor rahbarlari bilan birgalikda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi o‘rganib chiqdi va quyidagi takliflar bildirildi:
tuman Xalq ta’limi bo‘yicha - 2 ta 9-sonli umumta’lim maktabi hamda 21-sonli IDUMni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash;
tuman Maktabgacha ta’lim bo‘yicha - 3 ta “Yo‘ldosh Oxunboboyev” mahallasida yangidan 180 o‘rinli bino qurish, 6 va 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish;
tuman Sog‘liqni saqlash muassasalari - 1 ta “Obod” mahallasida yangidan quvvati 50 qatnov bo‘lgan “Oilaviy poliklinika” binosi qurish;
tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabiga “Pastom” mahallasida yangidan 18x42 o‘lchamdagi sport zal qurish hamda “Hazorasp” mahallasidagi filial binosini kapital ta’mirlash;
tuman Madaniyat obektlari bo‘yicha 3 ta, “Muhabbat”, “Sayapir” va “Tuproqqal’a maskani” mahallalarida Madaniyat markazi binolarini yangidan qurish;
tuman Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha - 2 ta “Yakkachiqir” mahallasiga 15,0 km ichimlik suv quvurlari yotqizish, “Shayxlar” mahallasiga 5,0 km ichimlik suv quvurlari yotqizish hamda mavjud suv taqsimlash inshootini rekonstruksiya qilish;
tumandagi Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari - 2 ta obyektda jami 7 km rekonstruksiya hamda 4 ta ko‘priklarni ta’mirlash.
Irrigatsiya obektlaridan 1 ta 3,8 km uzunlikdagi “Yangi yop” kanalini rekonstruksiya qilish.