
Ayol – qadriyatlar davomchisi
01.04.2025
Tuproqqalʼa tumanida "Ayol – qadriyatlar davomchisi" mavzusida marosim va urf-odatlar taqdimoti tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda faol va tashabbuskor ayollar ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng yoritib berdilar. Jamoalar taqdim etgan sahna ko‘rinishlarida oilaviy qadriyatlar, ona va farzand munosabatlari, qadimiy anʼanalarning bugungi hayotdagi ahamiyati aks ettirildi. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a axborot xizmati