
Umumta'lim maktablari o'rganildi.
28.09.2023

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Shuhrat Ahmedov tumandagi 3-, 7- va 8-son maktablarda bo'lib, muassasalardagi ta'lim jarayonlari, davomat, kasb-hunarga o'qitish jarayonlari, maktab oshxonasi, ketring oziq-ovqatlari holati va tibbiyot xonasida mavjud dori-darmonlarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, tuman hokimi o'ziga berkitilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning orzu-istaklarining amalga oshishi borasidagi ishlar sifati bilan qiziqdi.

Tashriflar davomida aniqlangan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan yozma axborot kiritish topshirildi.