Tuproqqal'a tumanidagi yirik sanoat korxonalari soni yana bittaga ko'paymoqda.
22.07.2023
Tuman erkin iqtisodiy zonasida yirik korxona - "PITNAK AGRO DON" MCHJ tomonidan loyiha qiymati 12 mlrd. so'm bo'lgan un zavodi tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Kunlik quvvati 60 tonnani tashkil etuvchi mazkur loyihaning ishga tushishi natijasida yiliga import o'rnini bosuvchi 16 800 tonna un ishlab chiqariladi hamda 20 ta yangi ish o'rni yaratiladi.
Bugun tuman hokimi Shuhrat Ahmedov korxonada bo'lib, qurilish-montaj ishlarining borishi bilan tanishdi va tashabbuskor tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.