Media-tur | Tuproqqalʼada intensiv usulda "Bakra" balig‘i yetishtiriladi
24.03.2023
Tumanning Nukus mahallasi, "Meshikli" hududida«Baqra Aquatech» MCHJ tomonidan loyiha qiymati 10 mln AQSH dollari bo‘lgan intensiv usullarda baliq yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun bir guruh OAV vakillari va blogerlar ishtirokida mazkur loyiha amalga oshirilayotgan hududga press-tur tashkil etildi.
Loyiha ishga tushishi natijasida qo‘shimcha 120 ta yangi ishchi o‘rni yaratilib, yiliga kamida 8500-9000 tonna baliq mahsulotlari ishlab chiqariladi.