
Media-tur | Avtomobil ishlab chiqarish quvvati 1,5 barobar oshirildi
29.07.2023

Bugun Tuproqqal'a tumanida joylashgan yirik avtomobil ishlab chiqarish korxonasi - "Xorazm Avto" zavodiga OAV va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Press tur davomida korxonada avtomabil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish borasida qilingan ishlar, xususan, yangidan tashkil qilingan presslash tarmoqlari va yaratilgan yangi ish o'rinlari bilan tanishildi.
Mazkur loyiha 189 mlrd. so'm evaziga amalga oshirilgan bo'lib, natijada korxonada qo'shimcha 900 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.








