20.01.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida 2023-yilda Tuproqqalʼa tumanida amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda korxona-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik kengashi a'zolari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.
Anjuman avvalaida tuman hokimi Akmal Jimalyazov so'zga chiqib, 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berib o'tdi.
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda sanoat mahsulotlari 105.3 foizga (11489.9 mlrd.so‘m), qurilish ishlari 100.2 foizga (171.0 mlrd.so‘m), chakana savdo 109.7 foizga (323.6 mlrd.so‘m), xizmat ko‘rsatish xajmi 110.1 foizga (275.1 mlrd.so‘m) bajarilgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 193758.8 ming.so‘mga, qurilish ishlari 2883.6 ming.so‘mga, chakana savdo 5456.9 ming.so‘mga, xizmat ko‘rsatish 4639.1 ming.so‘mga yetgan.
Tumanda 2023-yilning yakuni boʻyicha 13 ming 619 nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilish choralari koʻrilishi belgilangan boʻlib, 2023 йил давомида 13 ming 869 nafar aholining bandligi taʼminlangan. Tuman boʻyicha 2023-yil давомида xorijdan qaytgan 1883 нафар fuqarolarning 1205 nafari doimiy va vaqtinchalik ish oʻrinlariga ishga joylashtirildi. 10 nafari kasbga oʻqitilgan hamda 15 нафари tadbirkorlikka jalb qilingan ва 159 нафар ўзини ўзи банд қилган.
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ishsiz xotin-qizlarning 720 nafari har bir hududning oʻziga xos drayveri hamda xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ichki mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitilgan.
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmlariнинг йиллик кўрсатгичлари 1-январ holatiga фермер хўжаликлари томонидан 4359.1 tonna sabzavot, 1042 tonna kartoshka, 4328 tonna poliz, 1085 tonna meva va 437 tonna uzum хамда туман бўйича барча йўналишларда (Ахоли, қ/хўжалиги ташкилотлари билан бирга) гўшт 4000 тн, сут 24200 тн, тухум 9.5 млн дона mahsulotlar yetishtirilgan. Joriy yilda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan 290 gektar жами 545 гектар ekin maydonlarini dehqonchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga ajratish hisobidan yangi dehqon xoʻjaliklari tashkil etilgan. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, suv xoʻjaligi obyektlarini davlatxususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha 138,4 km kanal va 94 km. kollektor-drenaj tarmoqlari қазиш тозалаш ишлари qilingan. Hisobot davrida 8,6 km kanal va 2 dona gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilindi. 4 dona nasos agregati va 4 dona elektrodvigatellar oʻrnatilgan. (қишлоқ хўжалиги)
Investitsiya dasturlarini mahalla darajasiga tushirish va mahallalarning moliyaviy vakolatlarini kengaytirish boʻyicha 1 ta umumtaʼlim maktabi va 3 ta maktabgacha ta’lim muassasalar hamda yoʻl, suv va boshqa infratuzilma tarmoqlarini qurish, taʼmirlash va jihozlash uchun jami 23 mlrd. soʻm ajratilgan va bugungi kunda 4 ta obyektda qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, 2023-yilning birinchi mavsumida “Ochiq budjet” (openbudget.uz) portaliga fuqarolar tomonidan 586 ta takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan ishchi komissiya tomonidan 277 ta takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli rad etilgan, 309 ta takliflar saralab olinib, ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi hisobida mavjud 5324,4 mln.so‘m mablag’ni yo‘naltirish uchun 12791 nafar fuqarolar (jami aholining 22 foizi) o‘z ovozlari bilan ishtirok etgan hamda 5 ta 4475,0 mln.so‘mlik takliflar 7061 ta ovoz to‘plab g’olib bo‘lgan. Bugungi kunda g’olib deb topilgan 5 ta 4475,0 mln.so‘mlik loyihalarda ishlar yakunlanib foydalanishga topshirilgan;
2023-yilning ikkinchi mavsumida “Ochiq budjet” (openbudget.uz) portaliga fuqarolar tomonidan 251 ta takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan ishchi komissiya tomonidan 92 ta takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli rad etilgan, 159 ta takliflar saralab olinib, ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi hisobida mavjud 5218,2 mln.so‘m mablag’ni yo‘naltirish uchun 21013 nafar fuqarolar (jami aholining 36 foizi) o‘z ovozlari bilan ishtirok etgan hamda 4 ta 4967,0 mln.so‘mlik takliflar 14217 ta ovoz to‘plab g’olib bo‘lgan. Bugungi kunda g’olib deb topilgan 3 ta 3647,0 mln.so‘mlik loyihalarda ishlar yakunlanib foydalanishga topshirilgan. 1 ta 1320,0 mln.so‘mlik loyihada (tenderda 1 ta ishtirokchi qatnashganligi uchun) tender bo‘lib o‘tmagan deb topilganligi uchun ishlar yakunlanmagan.
Shu bilan birga, 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”ga, joriy yil boshidagi erkin qoldiq mablag’lari hisobidan 1141,4 mln.so‘m, 2023-yil birinchi-uchinchi choraklaridagi qo‘shimcha manbalar hisobidan 1253,2 mln.so‘m, tuman budjetning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi qismi hisobidan 6000,0 mln.so‘m mablag’lar tegishli tartibda jamg’armada shakllantirilgan.
Davlat dasturlari ijrosi bo‘yicha 2023-yil 12-oyligida mahalliy budjet parametrlarida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son qaroriga asosan “Ochiq budjet” axborot portali orqali tuman budjeti parametrlarida hududiy ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida shakllangan ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlash uchun “Mening yo‘lim” loyihasiga 1981,8 mln.so‘m moliyalashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son farmoniga asosan tuman obodonlashtirish boshqarmasini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash xarajatlari uchun 989,0 mln.so‘m moliyalashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan ijtimoiy soha obyektlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish xarajatlari uchun 1250,3 mln.so‘m moliyalashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroriga asosan xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish xarajatlari uchun 225,0 mln.so‘m moliyalashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 72/16-son qaroriga asosan og’ir turmush sharoitidagi oilalarning uylarining tom qismini yopish, xonadonlarni joriy ta’mirlash, yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish hamda tuproq yo‘llarga qum-shag’al yotqizish ishlari xarajatlari uchun 6593,5 mln.so‘m moliyalashtirilgan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga budjetdan 3738,1 mln.so‘m (har bir bolani ovqatlanish, yumshoq jixoz va dori-darmonlar bilan ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun) moliyalashtirilgan.
Tumanda maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-6 yoshli bolalar 4 315 nafarni tashkil qilib, shundan 4 ming 112 nafari, yaʼni 95,2 foizi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.
2023-yilning 12 oyi davomida 18-40 yoshdagi 20 ming 183 nafar aholi tibbiy koʻrikdan, 40 yosh va undan katta surunkali kasalligi boʻlmagan 13 ming 665 nafar aholi skrining tekshiruvlardan, onkologik kasalliklarni erta aniqlash bosqichida bugungi kunga qadar 10 ming 356 nafar aholi skrining tekshiruvlardan oʻtkazilgan, 1 ming 647 nafar 6-23 oylik bolalarni mikronutriyentlar bilan taʼminlash maqsadida respublikadan 3 ming 246 dona “Nutromix Sashe” polivitamini olib kelingan va tarqatilgan. 12 ming 502 nafar (3-7 yosh 4 ming 331 nafar, 8-15 yosh 8 ming 171 nafar) bolalarga 78 ming 246 ta yod preparati berilgan.
“Yoshlar daftari” tizimi orqali tumanimizda 1132 nafar yoshlarga yoshlar daftari tizimi orqali turli yordamlar ko‘rsatilib shulardan 648 nafarga yoshlarga qariyb 1 mlrd 720 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, 148 nafar ehtiyojmand oilaga mansub talabalarga o‘qish uchun 577 mln so‘m, mehnat qurollari va asbob-uskunalar hamda jihozlar olish uchun 44 nafar yoshlarga 281 mln so‘mlik subsidiyalar, 26 nafar yoshga Safarbarlik chaqiruv rezervi badalini to‘liq qoplab berish uchun 169 mln so‘m, 15 nafar yoshga davolanishlari uchun 126.2 mln.so‘m miqdorida moddiy yordam, 26 nafar yoshning o‘quv kursi uchun 45 mln so‘m, turar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun 5 nafar yoshlarga 43 mln, Ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplash uchun 7 nafar yoshlarga 6.4 mln, Zamonaviy kasb, IT va xorijiy til o‘quv kursi kompensatsiyasi uchun 12 nafar yoshlarga 63 mln, Haydovchilik kasbiga o‘qitish uchun 33 nafar yoshlarga 43 mln, moddiy ahvoli og‘ir yoshlardan 173 nafariga 126 mln so‘mlik bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi.
Shuningdek, 255 nafar yoshlarga jami 6 mlrd 745 mln so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratildi, 304 nafar yoshning doimiy ish bandligi taʼminlandi va 189 nafar yoshlar kasb - hunarga o‘qitildi.
Investitsiya dasturlariga muvofiq tumanda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy qiymati 441,2 mlrd. soʻm boʻlgan 45 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 1274 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Jumladan, qiymati 384,9 mlrd. soʻmlik 4 ta yirik va 1 ta mega loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida 1030 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida jami 16,0 mln. dollarlik (reja 12,5 mln. dollar) mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 128,4 foizga bajarilgan.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish boʻyicha joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 64 nafar (32 taga kamaygan) tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.
Tumanimizda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va xalqlararo doʻstlikni targʻib etish maqsadida “Doʻstlik” festivali hamda 4 ta madaniy-maʼrifiy tadbirlari yuqori saviyada oʻtkazilgan. Festival doirasida 2 ta uchrashuv, 2 ta konsert, 1 ta koʻrgazmalar tashkil qilinib, ularda 600 nafarga yaqin turli millat vakillari jalb qilingan.
Davlat boshqaruvi organlari xodimlari oʻrtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tumandagi idora va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida sportning oʻyin turlari boʻyicha ikki va uch bosqichli joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida jami 3 ta ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilib, 200 nafarga yaqin ishchi-xodimlar jalb etilgan.