
13.03.2024

Tuproqqalʼa tumani hududida jami 256.4 kilometr uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan 107.5 kilometr qismi tuproq yo‘llardan iborat.
Bugungi kunda ushbu yo‘llarning 214.5 kilometr (83.6 foizi) qismi taʼmirtalab yo‘llar hisoblanadi.
Mutasaddilar tomonidan 2024-2026 yilga qadar bu boradagi kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ishlanib, takliflar yuqori turuvchi tegishli idora va tashkilotlarga berilgan.
O‘tgan 2023 yil davomida Tuproqqalʼa tumanida jami 22.4 kilometr uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llarida taʼmirlash ishlari bajarilgan. Jumladan: 16.4 kilometr tuproq yo‘llarga qum tosh aralashmasi (SHPS) yotqizish ishlari, 2.7 kilometr yo‘llariga asfalt, 2.3 kilometr uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llariga tosh yotqizish ishlari olib borilgan.
Murojaatda keltirrlgan yo'l qismiga ham o'tkan yili tosh tashlangan bo'lib, endilikda asfalt qoplamasi yotqizish bo'yicha choralari ko'rilmoqda.