21.02.2023
Facebook ijtimoiy tarmog`ining “xаlq nаzorаti” kanali orqali e’lon qilingan post yuzasidan quyidagilar bildiriladi:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qaroriga asosan 2021-yil
1-iyuldan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish hamda bu jarayon Adliya vazirligi tomonidan doimiy monitoringini olib borish tartibi joriy qilingan.
Postda e’lon qilingan masala yuzasidan manfaatdor fuqarolarga bir necha marotaba batafsil tushuntirish berilgan bo‘lib, holatni to‘liq tushunish maqadida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
Hazorasp tuman hokimining 2019-yil 27-yanvardagi 444/149q-sonli qarori bilan “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligiga Tuproqqal’a qishlog‘i, Xonqa massividan jami
59,4 gektar yer maydoni ajratilib, fermer xo‘jalikning umumiy yer maydoni
113,4 gektarni tashkil etishi qayd etilgan.
Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 14-martdagi 515q/1-sonli qarori bilan “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligining jami 113,4 gektar yer maydonlari tuman hokimligi zahira yer fondi hisobiga qaytarilgan.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan tuman hokimining 2020-yil 7-maydagi 1225q-sonli qarori bilan Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 14-martdagi “Tumandagi “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligiga uzoq muddatli ijaraga ajratilgan yer maydonini tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarish to‘g‘risida”gi 515q/1-sonli qarori bekor qilingan.
Ushbu yer maydonlarining 25,7 gektari Tuproqqal’a tuman hokimining
2020-yil 8-maydagi 48-sonli qarori bilan tumandagi “Tuproqqal’a Chisken Trade” MChJga don mahsulotlari ekish uchun vaqtincha foylanishga (10 yil muddatga) ajratib berilgan.
Shuningdek, qolgan 87,7 gektar yer maydonlari tanlovga qo‘yilib, uning natijalari bo‘yicha “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligi tanlov g‘olibi deb topilgan va Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 20-maydagi 65q-sonli qarori bilan ushbu fermer xo‘jaligiga paxtalik va g‘allachilik yo‘nalishi uchun ajratib berilgan.
Shundan keyin, “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligi rahbarining arizasiga muvofiq Bog‘ot tuman ma’muriy sudining 2020-yil 3-avgustdagi hal qiluv qarori bilan Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 20-maydagi “Tumandagi “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligiga ijaraga yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi 65q-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligi manfaatini ko‘zlab kiritgan arizasiga muvofiq Hazorasp tuman ma’muriy sudining 2020-yil 26-avgustdagi hal qiluv qarori bilan Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 8-maydagi “Tumandagi “Tuproqqal’a Chisken Trade” MChJga yordamchi xo‘jalik tashkil qilish uchun yer maydoni ajratib berish to‘g‘risida”gi 48q-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Shu asosda, ya’ni sudning hal qiluv qarorlariga asosan Tuproqqal’a tuman hokimining 48q va 65q-sonli qarorlari haqiqiy emas deb topilishi munosabati bilan Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 4-dekabrdagi 506q-sonli qarori qabul qilinib, oldin “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan jami 113,4 gektar yer maydonlari uning o‘ziga 38 yil muddatga, ijaraga ajratilgan.
Ya’ni, Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 4-dekabrdagi 506q-sonli qarori qabul qilinishida texnik xatolikka yo‘l qo‘yilmagan.
Shundan keyin, “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligi rahbarining apellyatsiya tartibidagi shikoyatiga asosan Xorazm viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 16-fevraldagi qarori bilan Bog‘ot tuman ma’muriy sudining 2020-yil 3-avgustdagi hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga yuborilgan.
Mazkur ish Urganch tumanlararo ma’muriy sudida “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligining Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 7-maydagi 1225q-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish va “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligining Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil 20-maydagi 65q-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalari birlashtirilgan holda ko‘rib chiqilib, sudning 2021-yil 3-mart kungi hal qiluv qarori bilan “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligining arizasi qanoatlantirilib, Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 7-maydagi 1225q-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan, “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligining Tuproqqal’a tuman hokimining 2020-yil
20-maydagi 65q-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizasini qanoatlantirish rad qilingan.
Sudning mazkur hal qiluv qaroriga asosan Tuproqqal’a tuman hokimining
2021-yil 14-apreldagi 203q-sonli qarori qabul qilinib, qaror bilan Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 7-maydagi 1225q-sonli qarori bekor qilinib, tumandagi “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligiga jami 113,4 gektar yer maydoni 42 yil muddatga ijaraga ajratilgan.
Tuproqqal’a tuman hokimining ushbu qarori bilan “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligiga ajratilishi kerak bo‘lgan (65q-sonli qarorga asosan) jami 87,7 gektar o‘rniga, 113,4 gektar yer maydoni ajratilgan.
Lekin, sud qaroriga asosan Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 7-maydagi 1225q-sonli qarori haqiqiy emas deb topilishi munosabati bilan, Hazorasp tuman hokimining 2020-yil 14-martdagi “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarish to‘g‘risidagi 515q/1-sonli qarori qayta tiklanganligi sababli, “Sherbek Xo‘janiyoz” fermer xo‘jaligiga ortiqcha ajratilgan 25,7 gektar yer maydoni Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 15-fevraldagi 77-12-0-Q/22-sonli qarori bilan tuman hokimligi zahirasidagi qishloq xo‘jalik yerlari (davlat mulki) tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shuningdek, “Bobur Mirzo” fermer xo‘jaligining Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2021-yil 3-mart kungi hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib qilgan shikoyatlari, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida ko‘rib chiqilib, shikoyatlar qanoatlantirilmasdan, Urganch tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarori o‘z kuchida qoldirilgan.
Bundan tashqari, “Tuproqqal’a Chisken Trade” MChJning Tuproqqal’a tuman hokimining 2021-yil 14-apreldagi 203q-sonli qarorining 16-17, 22-23 konturlardagi jami 25,7 gektar yer maydoni bilan bog‘liq qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizasi Urganch tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilib, sudning 2022-yil
20-apreldagi hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad qilingan.
Masala yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun 91-430-11-91 raqami orqali mas’ul xodim bilan bog‘lanishingiz mumkin