EʼLON! OAV VAKILLARI, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI
04.02.2023
Joriy yilning 5 fevral kuni soat 14:30 da Tuproqqalʼa tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan "Tuproqqalʼa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari va bu yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Matbuot anjumanida barcha xohlovchi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok qilishlari mumkin.
Manzil: Tuproqqalʼa tumani hokimligi
Tuproqqalʼa tumani hokimligi matbuot xizmati