
Bosh prokuror o'rinbosari Tuproqqal'a tumanida o'rganish o'tkazdi.
04.10.2023

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Samadov Salom Ismatovich Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanidagi qurilish-ta'mirlash ishlarining borishi, davlat investitsiya dasturlari ijrosi va tashabbusli byudjet doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarga huquqiy baho berish va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.