
Bayramingiz muborak, aziz opa-singillar!
06.03.2023

Bugun bahor va yasharish, go‘zallik va nafosat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiriga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda mehnat qilib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan, ijtimoiy hayotda faol xotin-qizlar taklif etildi.
Tuman hokimi Alisher Salayev tadbir ishtirokchilarini 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi.

Tuman madaniyat bo‘limi ijrosidagi konsert dasturi, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
