
25.01.2025
Tuman 1-sonli maktabda 24-yanvar kuni "O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to'g'risida"gi qonunlar targ'iboti "Mard askar yoshlarga namuna" mavzularida DXX chegara qo'shinlariga qarashli 9203 harbiy qism xodimlari 10 va 11-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. Tadbirda harbiy qism katta serjanti S.Xaitov va oddiy askarlar ishtirok etishdi. Targ‘ibotda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan" Yangi O'zbekiston armiyasi tinchligimiz, taraqqiyot va farovonligimiz garovidir" mavzusida ma'lumot berib, harbiy qismda mavjud AK-74, SVD qurollar tuzilishi va foydalanishi haqida tushunchalar berdilar. Shu bilan birga harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar, erishgan yutuqlari haqida tushunchalar berildi. Tadbir o'quvchilarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.