
31.07.2023

1. Odam savdosi-umumjahon miqyosidagi muammo ushbu jinoyatning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etish choralari to’g’risida.
2. O’g’irlik jinoyati, bu toifa jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari hamda bartaraf etish choralari yuzasidan.
Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozisiyasi mazmuniga ko’ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatasiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.
XXI asrning dastlabki yillari ilm-fan va texnika rivojining shiddatli tus olganligi, axborot almashinuvi tizimining tubdan takomillashganligi bilan insoniyat tarixida o’ziga xos davr bo’ldi.
Buning natijasida mamlakatlararo migrasiya jarayonlari birmuncha faollashdi, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, turizm va shu kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqishi, erkin faoliyat olib borishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.
Ijobiy o’zgarishlar bilan bir qatorda ayrim transmilliy jinoyatlarning ortishi ham kuzatilmoqda. Odam savdosi ham ana shunday jinoyatlardan biridir.
Shahvoniy maqsadlarda ekspluatasiya qilish, majburiy mehnat, bolalar mehnatini ekspluatasiya qilish, tilamchilik, donorlik organlarining qora bozori - bularning barchasi bitta jinoyat - odamlar savdosining oqibatidir.
Shuni e’tiborga olish lozimki, o’rganib chiqilgan jinoiy ishlar tahliliga ko’ra, aksariyat holatlarda jabrlanuvchilar ushbu jinoyatga aldov yo’li bilan jalb qilinganlar. Ya’ni odam savdosini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan aldov usuli keng qo’llanilgan.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash borasida odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning huquqiy asosini takomillashtirish; odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati; odam savdosiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik; prafilaktik xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Odam savdosiga qarshi kurashish qonuniylik, odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy himoyalash kabi prinsiplarga asoslanadi:
2020 yil 17 avgust kuni “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”ga qonun qabul qilingan.
Shuningdek, sudya I.Ismailov kun tartibidagi ikkinchi masala o’g’irlik jinoyati xususida ham to’xtalib o’tdi.
O’g’irlik jinoyati, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish deb tushuniladi.
Shunday harakatni sodir qilgan shaxs O’zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu kodeksning mazkur moddasi 1-qismiga ko’ra, “O’g’irlik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish" - eng kam oylikish xaqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ych yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan. Shuningdek, 2-qismi “a” bandida "O’g’irlik: jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo’l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik)”; “6” bandida “ancha miqdorda”'; “v” bandida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib”; ”g” bandida “uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayri qonuniy pavishda kirib sodir etilgan bo’lsa" - eng kam oylik ish xaqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan ych yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxul uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko’rsatilgan.
Shu kabi, ushbu moddaning 3-qismi “a” bandida “O’g’irlik: takroran yoki xavfli residivist tomonidan'”; “b” bandida komp’yuter tizimiga ruxsatsiz kirib”; “v” bandida “ko’p miqdorda” va “g” bandida “neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz maxsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo’lsa besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi bayon etilgan.
Bunlan tashqari, shu moddaning 4-qismi “a” bandida “O’g’irlik: juda ko’p miqdorda; “b” bandida “o’ta xavfli residivist tomonidan” va “v” bandida esa “uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa” – sakkiz yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi bayon etilgan.
Ushbu jinoyatning qismlari o’z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra 1-qismi ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, 2-qismi uncha og’ir
bo’lmagan, 3-qismi og’ir va 4-qismi o’ta og’ir tasnifga kiradi.
Shu sababdan, bu kabi jinoyatlarni sodir qilmaslik, birovning mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, har kim o’z kasbiga vijdonan yondashib, halol mehnat qilishi, farzanlarining o’z kasbi orqasidan topgan mablag’i bilan boqishi, har bir inson boshqa odamning mulkiga hurmat bilan qarashi va birovning narsasini o’zidan so’ramasdan olish o’g’irlik hisoblanishini anglab yetishi zarurdir.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo’yicha Tuproqqal’a tuman sudi raisi I.Ismailov o’g’irlik jinoyati, bu toifa jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlarini bartaraf etishda aholiga ushbu toifadagi jinoyatlarni va uning salbiy oqibatlari bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish va xususiy ajrimlar chiqarish yo’li bilan ushbu jinoyatlarning kelib chiqishiga yo’l ko’maklashgan sabab va shart- sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko’rish lozim deb o’z ma’ruzasiga yakun yasadi.
Shundan so’ng sayyor uchrashuvga yig’ilganlar o’zlarini kiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va savollar yuzasidan yig’ilish qatnashchilariga tushuntirishlar berildi.