22.03.2024
Bugun Tuproqqal'a tumanida sana munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi. Unda sektor rahbarlari ham ishtirok qilishdi hamda tuman hokimi Akmal Jimalyazov mahalla xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
Tadbir doirasida «Navbahor» mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Allaberganova Nafosat Ganjayevna «Shuhrat» medali bilan, “Yo'ldosh Oxunboboyev” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Rozimbayev Ikromjon “Mahalla iftixori” ko'krak nishoni bilan taqdirlangani e'tirof etildi. Shuningdek, “Pastom” mahallasi fuqarolari yig'ini raisi Jumanazarov Raximbergan hamda “Sayapir” mahallasi profilaktika inspektori Nazziyev Umrbeklar viloyat hokimining “Faxriy yorliqlari” va yana 11 nafar tizim xodimlari tuman hokimining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.